OChL-2014 guruh bosqichiga chiqish vazifasi bajarilmaganidan so`ng, Toshkentning «Lokomotiv» klubi rahbariyati jamoa boshqaruvida o`zgarish amalga oshirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shu kungacha jamoa bosh murabbiyi vazifasini bajarib kelgan Hakim Fuzaylov o`z lavozimidan ozod etilgan. «Lokomotiv» klubi rahbariyati, jamoa murabbiylar shtabi va futbolchilari Hakim Fuzaylovning keyingi faoliyatiga omad tilagan.
O`z navbatida, Vadim Abramov «Lokomotiv» bosh murabbiyi etib tayinlangan. «Vadim Karlenovich va futbolchilarga ushbu mavsum ham yuqori maqsadlar qo`yildi», - deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.
Vadim Abramov 2008 yildan 2010 yil bahorigacha Toshkentning «Lokomotiv» jamoasiga murabbiylik qilgan, keyinchalik esa faoliyatini O`zbekiston milliy terma jamoasida davom ettirgan edi. Abramov 2012 yil iyunidan beri, Qozog`istonning «Astana» jamoasidagi ikki haftalik faoliyatni hisobga olmasa, biror bir jamoada murabbiylik qilmayotgan edi.