Temurxo`ja Abduxoliqov xorvat klubi bilan shartnoma imzoladi

Toshkentning «Paxtakor» klubi hujumchisi Temurxo`ja Abduxoliqov Xorvatiyaning «Xayduk» jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda Split klubi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Futbolchi «Xayduk»ning Turkiyadagi yig`inida ishtirok etgan, Gruziyaning «Dinamo» jamoasiga qarshi nazorat o`yinida maydonga tushgan edi. Klub rasmiy sayti xabariga ko`ra, Abduxoliqovning harakatlari jamoa murabbiylariga ma`qul kelgan.

Futbolchi yangi jamoasida 15-raqam ostida to`p suradi. Abduxoliqovni tanishtirish marosimi futbolchi Xorvatiyaga etib borganidan so`ng bo`lib o`tadi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb