9 fevral kuni Turkiyadan Toshkentga qaytib kelgan «Paxtakor» asosiy tarkibi a`zolari tayyorgarlikni, hozircha, Toshkentda davom ettirishmoqda. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Toshkentda 15 fevralgacha bo`ladigan «Paxtakor» 12 fevral, chorshanba kuni «Paxtakor» Markaziy stadionida «So`g`diyona» bilan nazorat bellashuvini o`tkazadi. Uchrashuv soat 11:30da boshlanadi.
15 fevral kuni esa yana Turkiyaga, Antaliyaga jo`nab ketiladi. U erda ikki hafta davom etadigan yig`inda bir qator nazorat o`yinlari tashkil etish rejalashtirilgan.