8 fevral kuni «Andijon» Toshkentdagi navbatdagi o`quv-mashg`ulot yig`inlarini boshladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Jamoa mashg`ulotlariga litvalik Gedeminas Paulauskas va Neriyus Astrauskas, shuningdek, darvozabon Artur Parvanov («Lokomotiv»), yarim himoyachilar Mirzakamol Kamolov («Neftchi») va Sobir Usmonxo`jaev («Lokomotiv») qo`shilgan.
Shuningdek, 10 fevral kuni «Andijon» tarkibiga o`z vaqtida Rossiyaning «Rubin», «Ximki» va «Nefteximik» jamoalarida to`p surgan Davron Mirzaev qo`shilishi kutilmoqda. Bundan tashqari, bir qator afrikalik futbolchilar ham ko`rikdan o`tkaziladi.