Farg`onaning «Neftchi» jamoasi 15 fevral kuni o`quv-mashg`ulot yig`inlarini o`tkazish uchun Turkiyaga jo`nab ketadi.
Klub matbuot xizmati xabariga ko`ra, jamoaning Turkiyadagi bir qator raqiblari nomi ma`lum bo`lgan. Jumladan, 18 fevral kuni Ukrainaning «Volin», 21 fevral kuni esa Janubiy Koreyaning «Kangvon» jamoalari «Neftchi»ga raqib bo`ladi.
Yig`in doirasidagi uchinchi nazorat bahsi Latviyaning «Venstpils» jamoasiga qarshi kechsa, 28 fevral kuni Murod Ismoilov shogirdlari Turkiyadagi so`nggi o`rtoqlik uchrashuvini rus klublaridan biriga qarshi o`tkazishi ko`zda tutilgan.