«Bunyodkor» Bolgariya klublariga qarshi nazorat o`yinlari o`tkazdi

Toshkentning «Bunyodkor» futbol klubi 9 fevral kuni Turkiyadagi o`quv-mashg`ulot yig`inlari doirasida Bolgariyaning «Bansko» va «Lokomotiv» jamoalariga qarshi nazorat o`yinlari o`tkazdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Bunyodkor» birinchi bo`lib «Bansko»ga qarshi nazorat o`yini o`tkazdi. Ushbu uchrashuvda hisob ochilmadi. O`yin davomida «Bunyodkor» tarkibida jamoada ko`rikdan o`tayotgan ukrainalik Vyacheslav Sharpar va slovakiyalar Kamil Kapunek maydonga tushdi.

Ikkinchi uchrashuv Sofiyaning «Lokomotiv» jamoasiga qarshi kechdi va unda «Bunyodkor» futbolchilari 1:0 hisobida g`alaba qozonishdi. Uchrashuvdagi yagona gol 58-daqiqada, Sardor Rashidovning burchakdagn uzatib bergan pasidan so`ng, hujumchi Vohid Shodiev tomonidan kiritildi.

Ma`lumot uchun, «Bunyodkor» 6 fevral kuni Polshaning «Yagelloniya» jamoasiga qarshi nazorat o`yinida maydonga tushib, 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Jamoa 13 fevral kuni Belarusning «Torpedo» va Ukrainaning «Ilichevets» jamoasiga qarshi nazorat o`yinlarini o`tkazishni rejalashtirgan. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb