«Nasaf» OChL 3-saralash bosqichiga o`tolmadi

Qarshining «Nasaf» futbol klubi Osiyo Chempionlar ligasi 2-saralash bosqichida Qatarning «Al-Jaish» klubiga yirik hisobda imkoniyatni boy berdi. Dohadagi «Suhaym Bin Hamad» stadionida bo`lib o`tgan o`yinda maydon egalari 5:1 hisobida g`alaba qozonishdi.

Uchrashuvda hisob 4-daqiqada «Al-Jaish»ning janubiy koreyalik legioneri Seul Ki Go tomonidan ochildi. Birinchi bo`lim yarmida koreys futbolchisi dublni rasmiylashtirgan bo`lsa, oradan o`n daqiqa o`tib qatarliklarning mashhur braziliyalik hujumchisi – Nilmar «Nasaf» darvozasini ishg`ol qildi.

Ikkinchi bo`lim boshida Abdulrahmon Issa «Nasaf» darvozasiga uchrashuvdagi to`rtinchi golni kiritdi. O`yin tugashiga o`n daqiqa qolganida esa Seul Ki Go xet-trik muallifiga aylandi. O`zbekiston klubining yagona javob goli esa, 77-daqiqada, Farrux Fayziev hisobiga yozildi.

Uchrashuvda g`alaba qozongan «Al-Jaish» 3-saralash bosqichida Kuvaytning «Al-Qodisiya» jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Kuvaytlik futbolchilar 2-saralash bosqichida BAAning «Baniyas» klubini safarda 4:0 hisobida mag`lubiyatga uchratishdi.

Ma`lumot uchun, 9 fevral, soat 14:00da Toshkentdagi «Paxtakor» stadionida Toshkentning «Lokomotiv» va Kuvaytning «Al-Kuvayt» jamoalari o`rtasida Osiyo Chempionlar ligasi 2-saralash bosqichi o`yini bo`lib o`tadi. Uchrashuv g`olibi 15 fevral kuni safarda «Laxviya» jamoasiga qarshi bahs oli boradi. «Laxviya» futbolchilari 8 fevral kuni Ummonning «Al-Hidd» jamoasini 2:1 hisobida mag`lubiyatga uchratishdi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb