Yusuf Adam: «O`zbekiston klublari Osiyoda o`z nufuziga ega»

7 fevral kuni Dohada «Al-Jaish» va «Nasaf» jamoalari o`rtasidagi OChL-2014 2-saralash bosqichi o`yini arafasida har ikkala jamoa vakillari ishtirokida o`yinoldi matbuot anjumani o`tkazildi. O`yin oldi matbuot anjumanining ikkinchi qismida «Al Jaish» jamoasi yordamchi murabbiyi Yusuf Adam va jamoa himoyachisi Murod Naji qatnashishdi, deya xabar bermoqda «Nasaf» FK matbuot xizmati.

«G`alaba har ikkala jamoa uchun ahamiyatli. Albatta bunda biz g`olib chiqish uchun bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. «Nasaf» haqida etarlicha ma`lumotlarga egamiz. Jamoa ishtirokidagi 2-3 ta o`yinni ko`rib chiqdik. Raqibimiz tarkibida yaxshi futbolchilar jamlanishgan», - dedi «Al-Jaish» bosh murabbiyi.

«Umuman olganda O`zbekiston klublari va terma jamoasi qit`a miqyosida o`ziga xos nufuzga ega. Ularga qarshi o`yin qiyin bo`lishi aniq. Jamoamiz tarkibida yo`qotishlar yo`q. Barcha futbolchilar mashg`ulotlarda ishtirok etishmoqda», -deya qo`shimcha qildi Yusuf Adam.

«Pley-off bir o`yindan iborat. Ammo biz o`yinni o`z maydonimizda o`tkazamiz. Bu bizga ustunlik beradi va biz bundan unumli foydalanishga harakat qilamiz. Qolaversa, bizda hozir chempionat bahslari davom etmoqda. Jamoamiz oxirgi o`yinlarda g`alabaga erishib, turnir jadvalida yuqori pog`onada bormoqda. Bu bizga ruhiy ustunlik bag`ishlaydi», - dedi «Al-Jaish» futbolchisi.

«Nasaf»ga qarshi 2012 yili OChL bahslarida «Ar-Rayan» tarkibida maydonga tushganman. O`shanda ikkita o`yinda ham g`alabaga erishgan bo`lsak-da, bunga osonlikcha erishmaganmiz. Lekin hozirgi «Nasaf» oldingiga qaraganda har tomonlama kuchaygan», - deya qo`shimcha qildi Murod Naji.

Avvalroq, «Nasaf» bosh murabbiyi Ro`ziqul Berdiev jamoasi «Al-Jaish»ga qarshi o`yinga tayyor ekanligini ma`lum qilgandi.

Eslatib o`tamiz, «Al-Jaish» va «Nasaf» o`rtasidagi o`yin 8 fevral, shanba kuni Toshkent vaqti bilan 21:00da boshlanadi. Uchrashuvda «Nasaf» futbolchilari ko`k libosda harakat qilishadi

mib
uzcard
cola
apex
bmb