Ro`ziqul Berdiev: «Nasaf» «Al-Jaish»ga qarshi o`yinga tayyor»

7 fevral kuni Dohada «Al-Jaish» va «Nasaf» jamoalari o`rtasidagi OChL-2014 2-saralash bosqichi o`yini arafasida har ikkala jamoa vakillari ishtirokida o`yinoldi matbuot anjumani o`tkazildi. Matbuot anjumanida dastlab «Nasaf» bosh murabbiyi jamoasi bosh murabbiyi Ro`ziqul Berdiev va jamoa sardori Artur Gevorkyan ishtirok etishdi, deya xabar bermoqda «Nasaf» FK matbuot xizmati.

«Ertaga shiddatli va murosasiz bellashuvga guvoh bo`lamiz. Chunki har ikkala jamoaning ham maqsadi g`alaba qozonish. «Al Jaish» Qatarning eng kuchli jamoalaridan biri hisoblanadi. Shu bois o`yin oson kechmasligini his qilib turibmiz. Biz ushbu o`yinga qadar Turkiya va BAAga o`quv-yig`in mashg`ulotlarini olib bordik. O`ylaymanki, ertangi o`yinga jamoamiz har tomonlama tayyor. Muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz», - dedi Ro`ziqul Berdiev.

Musobaqa reglamentiga ko`ra, musobaqa saralash o`yinlari bir uchrashuvdan iborat bo`ladi va keyingi bosqich ishtirokchisi Dohada o`tadigan yagona o`yin natijasiga ko`ra aniqlanadi. 2012 yili Osiyo Chempionlar ligasida debyut qilgan «Nasaf» saralash bosqichlarida ilk bor qatnashmoqda.

«Albatta, bosqich g`olibi bir uchrashuv natijasiga ko`ra aniqlanishini ham hisobga olganmiz. Shu bois yig`inlarda jismoniy tayyorgarlikka asosiy e`tiborni qaratdik. Futbolchilarimiz bu kabi vaziyatlarga ham tayyor», - dedi Ro`ziqul Berdiev.

2012 yili aynan Osiyo Chempionlar ligasidagi o`yinlardan so`ng ko`zga ko`ringan va mavsum kashfiyotlaridan biriga aylangan Shohruh Gadoev bu safar «Nasaf»ga yordam bera olmaydi. Yosh futbolchi o`tgan mavsum olgan jarohatidan hali to`la tiklanib ulgurmagan bo`lsa, tajriba qanot himoyachilaridan biri Alisher Yusupov viza sabab Dohada emas.

«Jamoamizning etakchi futbolchisi, mamlakat terma jamoasi a`zosi Shohruh Gadoev jarohati bois hozir biz bilan birga emas. Shuningdek, yana bir himoyachimiz Alisher Yusupov viza bilan bog`liq muammolar tufayli Qatarga kelolmadi. Qolgan barcha futbolchilarning sog`lig`i joyida. Ular biz bilan Dohaga kelgan», - dedi Berdiev.

Shu kungacha «Paxtakor» va «Nasaf» tarkibida Osiyo Chempionlar ligasida to`p surib ulgurgan Artur Gevorkyan ham «Al-Jaish»ga qarshi bo`lajak o`yin haqida o`z fikrlarini bildirib o`tdi: «Ertaga yangi mavsumning ilk rasmiy uchrashuvini o`tkazami va b uo`yinning ahamiyatini his qilib turibmiz. Raqibning kuchini bilamiz. Maqsadimiz yaxshi o`yin ko`rsatib maqsadga erishish. Biz birinchi marta safarda o`yin o`tkazayotganimiz yo`q. Shu sababli murabbiy ko`rsatmalarini bajarishga harakat qilamiz. Hayajonlanmasdan birchamiz bir yoqadan bosh chiqarib, faqat g`alaba uchun harakat qilamiz».

Eslatib o`tamiz, «Al-Jaish» va «Nasaf» o`rtasidagi o`yin 8 fevral, shanba kuni Toshkent vaqti bilan 21:00da boshlanadi. Uchrashuvda «Nasaf» futbolchilari ko`k libosda harakat qilishadi

mib
uzcard
cola
apex
bmb