«Nasaf» «Al-Jaish»ga qarshi ko`k libosda o`ynaydi

Qarshining «Nasaf» jamoasi 2014 yilgi Osiyo Chempionlar ligasini ko`k libosda boshlaydi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

8 fevral kuni Dohada «Al-Jaish» va «Nasaf» o`rtasida Osiyo Chempionlar ligasi 2-saralash bosqichi uchrashuvi bo`lib o`tadi. O`yin Toshkent vaqti bilan 21:00da boshlanadi.

O`yin arafasida, 7 fevral kuni har ikkala jamoa vakillari ishtirokida miting bo`lib o`tdi. Unda bo`lajak o`yinda jamoalar qaysi rangdagi liboslarda to`p surishiga aniqlik kiritildi.

Unga ko`ra, maydon egalari – «Al-Jaish» futbolchilari oq, «Nasaf» vakillari esa ko`k rangli liboslarda maydonga chiqishadi. Uchrashuvni boshqarib boradigan avstraliyalik Strebre Delovski boshchiligidagi hakamlar brigadasi esa qora libosda harakat qiladi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb