Hakim Fuzaylov: «Jamoamiz oldiga OChL guruh bosqichiga chiqish vazifasi qo`yilgan»

«Paxtakor» stadionida bo`lib o`tgan o`yinoldi matbuot anjumanining ikkinchi qismida Toshkentning «Lokomotiv» klubi bosh murabbiy vazifasini bajarayotgan Hakim Fuzaylov hamda jamoa himoyachisi Islom To`xtaxo`jaevlar ishtirok etishdi.

OAV hodimlarining savollariga javob bergan Hakim Fuzaylov ertaga bo`lib o`tadigan o`yinga jamoa deyarli tayyor ekanligini ta`kidlab o`tdi.

«Biz mavsum oldidan ko`plab futbolchilar bilan safimizni to`ldirishga erishdik. Oldimizga qo`yilgan asosiy vazifa esa, OChL-2014 guruh bosqichiga yo`llanmani qo`lga kiritish. Mavsum oldidan etarlicha tayyorgarlik ko`rdik. Ertaga bo`lib o`tadigan o`yinga ham. Raqibimizni etarlicha o`rganib chiqdik», - deydi Hakim Fuzaylov.

«Paxtakor» stadioni ma`muriyati maydonni asl holida saqlaganliklari uchun ularga minnatdorchilik bildiraman. Maydonning holati biz uchun juda muhim», - deya qo`shimcha qildi «Lokomotiv» murabbiyi. «Al Kuvayt» jamoasi haqida etarlicha ma`lumot to`pladik. Ular OFK kubogi g`olibi sanalishadi. Har ikkala jamoa oldiga ham OChL guruh bosqichiga chiqish vazifasi qo`yilgan. Jamoamiz bu o`yinga deyarli 80 foizga tayyor. Kayfiyat ham a`lo darajada. Futbolchilar O`zbekiston sharafini himoya qilishadi. Ular buni juda yaxshi anglab turishibdi», - deydi Fuzaylov.

Matbuot anjumanida ishtirok etgan «Lokomotiv» klubining asosiy himoyachilaridan biri Islom To`xtaxo`jaev jamoa ertaga g`alaba uchun maydonga tushishini va Kuvayt klubini mag`lubiyatga uchratish uchun futbolchilar tayyorligini aytib o`tdi.

«Ertaga omad bizga kulib boqadi degan umiddaman. Havo biroz sovuq bo`lishi kutilayotgan bo`lsa-da, biz g`alaba uchun maydonga tushamiz. Ertaga qaysi pozitsiyada maydonga tushishimni esa murabbiylar hal qiladi», - deydi To`xtaxo`jaev. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb