Ion Marin: «Raqibimizni imkon qadar o`rganishga harakat qildik»

7 fevral kuni «Paxtakor» stadionida OChL-2014 pley-off 2-bosqich uchrashuvi doirasida «Lokomotiv» (Toshkent) hamda «Al Kuvayt» (Kuvayt) klublari bosh murabbiylari ishtirokida o`yinoldi matbuot anjumani bo`lib o`tdi.

Dastlab, jurnalistlar savollariga «Al Kuvayt» jamoasi bosh murabbiyi Ion Marin javob berdi. Kuvaytliklar bosh murabbiyi jamoa qit`aning eng nufuzli turnirida qatnashishni niyat qilganini va shunga yarasha ertaga faqat g`alaba uchun maydonga tushishini ta`kidladi.

«Raqibni imkon qadar o`rganishga harakat qildik. Ammo, ulardan qanday o`yin kutayotganligimizni oshkor qilmagan bo`lar edim. Biz bu o`yinga etarlikcha tayyorgarlik ko`rdik deb ayta olaman. Biz qanday tayyorgarlik ko`rganimizni ertaga bo`ladigan o`yin ko`rsatib beradi», - deydi Marin.

«Biz qit`aning eng nufuzli musobaqasida o`ynashni niyat qilganmiz. Jamoamiz avval ham bunday imkoniyatga ega bo`lgan, ammo undan foydalana olmagan edi. Har qanday vaziyatda qo`ldan kelgancha g`alaba qozonishga harakat qilamiz».

«Al Kuvayt» klubi bosh murabbiyi Toshkentda hukm surayotgan noqulay ob-havo borasida ham o`z fikrini bildirib o`tdi va professional futbolchilar har qanday vaziyatga tayyor turishi kerakligini ta`kidladi.

«Har qanday holatda ham o`ynashga majburmiz. Futbolda bunday holatlar bo`lib turadi. Bunday vaziyatda professional futbolchilar nolishi kerak emas, aksincha faqat futbol haqida o`ylashi kerak. Umuman, ob-havoning noqulayoliga qaramasdan, maydonning ahvoli yaxshi. Bu bizni quvontirmoqda. Klubimizda Kuvayt terma jamoasi sharafini himoya qiladigan bir necha nafar futbolchilar bor. Qolaversa, 4 nafar horijlik futbolchilar ham ertaga bizga har qanday holatda yordam berishga tayyor», - deydi Ion Marin.

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb