Aleksandr Mochinov «Oqtepa» bosh murabbiyiga aylandi

«Bunyodkor» yoshlar jamoasi murabbiylari Aleksandr Mochinov va Anatoliy Kurlaev boshqa jamoaga o`tishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Qayd etish kerakki, aynan Aleksandr Mochinov va Anatoliy Kurlaev boshqaruvida «Bunyodkor» yoshlar jamoasi sezilarli o`sishga erishdi. Aynan ushbu mutaxassislar bilan o`rinbosarlarimiz 2013 yil yakunlariga ko`ra O`zbekiston yoshlar ligasi g`olibligini qo`lga kiritishdi. Shuningdek, mavsumoldi yig`inlar mobaynida yosh «qaldirg`ochlar» nazorat uchrashuvlarida o`z raqiblarini ketma-ket yirik hisoblarda mag`lubiyatga uchratib kelayotgan edi», - deyiladi «Bunyodkor» xabarida.

«Yaqinda Aleksandr Mochinov va Anatoliy Kurlaev «Bunyodkor» FK raxbariyatiga murojaat etib, o`z kuchlarini kattaroq futbolchilar bilan sinab ko`rmoqchi ekanliklarini bildirishdi. Murabbiylar tandemiga poytaxtning «Oq-tepa» jamoasidan taklif tushdi. Endi ular «Oq-tepa» klubini oliy ligaga olib chiqish uchun bor kuchlarini ishga solishadi», - deya qo`shimcha qilingan «Bunyodkor» xabarida. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb