Toshkentda o`quv-mashg`ulot yig`inlarini o`tkazayotgan «Buxoro» 7 fevral kuni «Qizilqum»ga qarshi nazorat o`yinida maydonga tushdi. Bu haqda «Buxoro» FK matbuot xizmati xabar bermoqda.
O`yin 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakuniga etgan. Buxoroliklarning goliga o`tgan mavsumni «Nasaf»da o`tkazgan Suhrob Ne`matov mualliflik qilgan.