«Andijon» litvalik va tojikistonlik futbolchilarni ko`rikdan o`tkazadi

7 fevraldan e`tiboran «Andijon» Toshkentda navbatdagi o`quv-mashg`ulot yig`inini boshlaydi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Toshkentdagi mashg`ulotlarda jamoa safiga ikki nafar litvalik futbolchi qo`shiladi. Litva, Kipr, Gretsiya, Malta chempionatlarida to`p surgan Neriyus Astrauskas va Litva, Turkiya, Shveytsariya, Ukraina, Polsha, Belarus klublarida to`p surgan Gedeminas Paulauskas Toshkentga etib kelib bo`lgan.

Bundan tashqari, Toshkent yig`inida «Andijon» safiga tojikistonlik futbolchi qo`shilishi ham kutilmoqda.
 

mib
uzcard
cola
apex
bmb