«Lokomotiv» va «Al-Kuvayt» murabbiylari jurnalistlar savollariga javob beradi

7 fevral kuni Toshkentning «Lokomotiv» va Kuvaytning «Al-Kuvayt» jamoalari vakillari ishtirokida matbuot anjumani o`tkaziladi. Bu haqda Toshkent klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

7 fevral, juma kuni «Paxtakor» markaziy stadioni anjumanlar zalida Toshkentning «Lokomotiv» va Kuvaytning «Al-Kuvayt» jamoalari bosh murabbiylari va futbolchilari ishtirokida matbuot anjumani o`tkaziladi.

13:00da boshlanadigan matbuot anjumanida dastlab «Al-Kuvayt» bosh murabbiyi, ruminiyalik Ion Marin va jamoa futbolchilaridan biri ishtirok etadi. Shundan so`ng «Lokomotiv» bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Hakim Fuzaylov va jamoa himoyachisi Islom To`xtaxo`jaev jurnalistlarning savollariga javob beradi.

Eslatib o`tamiz, 8 fevral, shanba kuni Osiyo Chempionlar ligasi 2-saralash bosqichi doirasida Toshkentning «Lokomotiv» futbol klubi «Paxtakor» stadionida Kuvaytning «Al-Kuvayt» jamoasini qabul qiladi. O`yin Toshkent vaqti bilan 15:00da boshlanadi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb