«Paxtakor» «Shinnik» bilan o`ynaydi

Turkiyada o`quv-mashg`ulot yig`inlarini o`tkazayotgan Toshkentning «Paxtakor» jamoasi 7 fevral kuni Rossiyaning «Shinnik» jamoasiga qarshi nazorat o`yini o`tkazadi. Bu haqda «Paxtakor» FK matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Paxtakor» bungacha Turkiya yig`ini davomida uchta nazorat o`yini o`tkazdi. Dastlab Rossiyaning «Nefteximik» jamoasiga qarshi o`yinda 1:1 hisobida durang o`ynagan «paxtakorchilar», keyinchalik Polshaning «Yagelloniya» jamoasini 1:0 hisobida mag`lub etishdi. Hozircha so`nggi bo`lib turgan nazorat o`yinida «Terek» «Paxtakor»ni 2:1 hisobida mag`lub etdi.

«Paxtakor» 8 fevral kuni Turkiya yig`inini yakunlab, O`zbekistonga qaytib keladi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb