
Qarshining «Nasaf» futbol klubi Osiyo Chempionlar ligasi 2-saralash bosqichi uchrashuvini o`tkazish uchun Qatar poytaxti Doha shahriga etib bordi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Jamoa Dohadagi Hilton mehmonxonasiga joylashgan. «Nasaf» vakillari Toshkent vaqti bilan 18:00da Dohadagi ilk mashg`ulotlarni o`tkazishadi.
«Nasaf» 8 fevral kuni Qatarning «Al-Jaish» jamoasiga qarshi Osiyo Chempionlar ligasi 2-saralash bosqichi uchrashuvida maydonga tushadi. O`yin arafasida, 7 fevral, juma kuni har ikkala jamoa bosh murabbiylari va futbolchilari ishtirokida matbuot anjumani o`tkaziladi.