OChL-2014 pley-off uchrashuviga tayyorgarlik ko`rayotgan Toshkentning «Lokomotiv» jamoasi 2 fevral kuni «Sho`rtan»ga qarshi nazorat o`yinida maydonga tushdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Do`stlik» stadionida bo`lib o`tgan o`yin 4:0 hisobida «temiryo`lchilar» g`alabasi bilan yakuniga etdi. «Lokomotiv» futbolchilari uchrashuv birinchi bo`limidayoq hisobni yirik ko`rinishga keltirib qo`yishdi.
Dastlab 7-daqiqada Viktor Karpenko hisobni ochgan bo`lsa, 20-daqiqada «Lokomotiv»ning ukrainalik hujumchisi Vyacheslav Shevchenko penaltidan gol urdi. Oradan 10 daqiqa Shevchenko dublni rasmiylashtirdi. Ikkinchi bo`limda zaxiradan maydonga tushgan Aleksandr Shadrin esa yakuniy hisobni o`rnatdi – 4:0.
Eslatib o`tamiz, «Lokomotiv» OChL-2014 pley-off bosqichi doirasidagi uchrashuvni 8 fevral kuni «Al-Kuvayt» (Kuvayt) – «Ash-Shorta» (Iroq) juftligi g`olibiga qarshi o`tkazadi. Uchrashuv «Paxtakor» stadionida o`tkaziladi.