«Neftchi» Hokim kubogini g`alaba bilan boshladi

Farg`ona viloyat hokimi Kubogi uchun musobaqa start oldi. Bu haqda «Neftchi» FK matbuot xizmati xabar bermoqda.

2 fevral kuni Farg`onada «Hokim kubogi-2014»ga start berildi. «A» guruhida ishtirok etayotgan «Neftchi-1» jamoasi musobaqani yirik g`alaba bilan boshladi. Qayd etish joiz, musobaqaning birinchi o`yinida «Neftchi» safida Maksimilian Fomin, Aleksandr Kletskov, Jahongir Mehmonov, Elman Tagaev, Aleksandru Onika, Abdulloh Olimov kabi futbolchilar harakat qilishdi.

«Andijon» yoshlariga qarshi kechgan o`yinda mezbonlar 3:0 hisobida g`alaba qozonishdi. Birinchi bo`limda Baxtiyor Yoqubov raqib darvozasini ishg`ol etgan bo`lsa, ikkinchi taymda Otabek Haydarov ikki marta andijonliklar posbonini dog`da qoldirdi. Guruhdagi ikkinchi o`yinda «Qo`qon-1912» jamoasi «Futbol-nfo» klubini 5:1 hisobida dog`da qoldirdi.

Ma`lumot uchun, «Neftchi» musobaqadagi keyingi o`yinlarni 4 fevral kuni «Futbol-info», 6 fevral kuni esa «Qo`qon-1912» jamoalariga qarshi o`tkazadi.
 

mib
uzcard
cola
apex
bmb