Toshkentning «Bunyodkor» jamoasi Turkiyada o`quv-mashg`ulot yig`ini o`tkazadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, «Bunyodkor» 4 fevral kuni navbatdagi xorij yig`inini o`tkazish uchun Turkiyaga yo`l oladi. 17 fevralga qadar davom etadigan mashg`ulotlar davomida Mirjalol Qosimov shogirdlarini oltita nazorat o`yinida sinab ko`rishni rejalashtirgan.
Eslatib o`tamiz, «Bunyodkor» futbolchilari 1 fevral kuni BAA yig`inidan qaytishgan edi. Dubaydagi mashg`ulotlar davomida «Bunyodkor» futbolchilari uchta nazorat o`yinida maydonga tushishgan edi.