Toshkentda o`quv-mashg`ulotlarini o`tkazayotgan «Olmaliq» tarkibiga ko`rikdan o`tish uchun yana ikki legioner qo`shildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Bolgariyalik Martin Kavdanski hamda ukrainalik Oleg Shandruk markaziy himoyachi ampluasida harakatlanishadi. Har ikki futbolchi hozircha ko`rikdan o`tadi. Shuningdek, mashg`ulotlarda 22 yoshli himoyachi Umid Zufarov ham qo`shilgan. U o`tgan mavsumda birinchi liga vakili Buxoroning «Spartak» jamoasi sharafini himoya etgan», - deyiladi klub xabarida.
«Olmaliq» navbatdagi nazorat o`yinini 3 fevral kuni «Buxoro» jamoasiga qarshi o`tkazadi. O`yin Chilonzordagi sun`iy qoplamali maydonda o`tishi rejalashtirilgan.