«Neftchi» safiga yana bitta legioner kelib qo`shildi. Klub matbuot xizmati xabariga ko`ra, bu - turmanistonlik Elman Tagaevdir.
Ushbu futbolchi 1989 yilda tug`ilgan bo`lib yarim himoyachi amplusida harakat qiladi.
Elman futbolchilik faoliyatini 2010 yilda «Ashxobod» jamoasida boshlagan. 2012 yilda yarim himoyachi Ozarbayjonning «Azal» jamoasi safiga borib qo`shildi. Ammo jarohati sabab 2013 yil mart oyida «Azal»ni tark etishga majbur bo`ldi. Keyin esa yana «Ashxobod» jamoasiga qaytib keldi.
Elman 2010 yili Guanjouda o`tkazilgan Osiyo o`yinlarida Turmaniston olimpiya terma jamoasi sharafini himoya qilgan.
Tagaev Turmaniston terma jamoasidagi debyut uchrashuvini 2012 yilda o`tkazgan. Hozirga qadar terma jamoa safida to`rt marta maydonga tushgan.