«Paxtakor» Polsha klubini mag`lub etdi

Turkiyada o`quv-mashg`ulot yig`inlarini o`tkazayotgan Toshkentning «Paxtakor» klubi 1 fevral kuni Polshaning «Yagelloniya» jamoasiga qarshi nazorat o`yini o`tkazdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Polsha Kubogi va Superkubogi sohibiga qarshi o`yin 1:0 hisobida «Paxtakor» foydasiga hal bo`ldi. Jamoaga g`alaba keltirgan yagona gol himoyachi Kamoliddin Tojiev tomonidan kiritilgan.

«Yagelloniya»ga qarshi o`yin «Paxtakor»ning Turkiya yig`ini doirasidagi ikkinchi nazorat bahsi bo`ldi. Bungacha jamoa Rossiya 1-divizioni vakili «Nefteximik» jamoasiga qarshi maydonga tushib, 1:1 hisobida durang o`ynagan edi.

«Paxtakor» futbol klubi, reja bo`yicha, 4 fevral kuni Rossiya Premer-ligasi vakili «Terek», 7 fevral kuni esa Rossiya 1-divizioni vakili «Shinnik»ga qarshi to`p suradi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb