OChL-2014 pley-off uchrashuviga tayyorgarlik ko`rayotgan «Lokomotiv» «Sho`rtan»ga qarshi nazorat uchrashuvi o`tkazadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Hakim Fuzaylov shogirdlari ayni damda 8 fevral kuni bo`lib o`tadigan pley-off bosqichining ikkinchi raundiga tayyorgarlikni davom ettirmoqdalar. Ushbu uchrashuv oldidan «temiryo`lchilar» 2 fevral kuni G`uzorning «Sho`rtan» klubiga qarshi nazorat uchrashuvini o`tkazadi», - deyiladi klub xabarida.