«Nasaf» BAAga jo`nab ketdi

30 yanvar kuni «Nasaf» futbol klubi navbatdagi o`quv-mashg`ulot yig`inlarini o`tkazish uchun BAAga yo`l oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ro`ziqul Berdiev ushbu yig`inga quyidagi futbolchilarni jalb etdi:

Darvozabonlar- Eldorbek Suyunov, Mixail Naumov;
Himoyachilar- Maqsud Karimov,Botir Qoraev, Hamza Karimov, Sherzod A`zamov, Odiljon Hamrobekov, Shuhrat Muhammadiev;
Yarim himoyachilar - Ilhom Yunusov, Erkin Baydullaev, Farruh Sayfiev, Ulug`bek Dadaboev, Laziz Ubaydullaev, Artur Gevorkyan;
Hujumchilar- Ilhom Shomurodov, Kenja To`raev, Azamat Allaniyazov, Igor Taran.

«Nasaf» futbolchilari 6 fevralga qadar Amirliklarda yig`inni davom ettirishadi va keyin Dubaydan Dohaga yo`l olishadi.

8 fevral kuni «Nasaf» OChL pley-offida Qatarning «Al-Jaish» jamoasiga qarshi maydonga tushadi.  

mib
uzcard
cola
apex
bmb