«Neftchi» jamoasi tayyorgarlikni Farg`onada davom ettirmoqda. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, klubni yarim himoyachi Sanjar Asqaraliev, darvozabon Farrux Turdialiev tark etgan. Jamoaning Toshkentdagi yig`inida ishtirok etgan serbiyalik va ukrainalik legionerlarga ham javob berilgan.
Jamoa mashg`ulotlarida Aleksandr Kletskov, Aleksandru Onika, Zohid Abdullaev, Maksimilian Fomin, Jahongir Mehmonov, Temur Ayupov, Abdulloh Olimov ishtirok etmoqda. Bundan tashqari, jamoa «Lokomotiv» vakili, turli terma jamoalar safida jahon chempionatlarida ishtirok etgan himoyachi Sardor Rahmonovga ham taklif bilan chiqqan.