Ravshan Haydarov asosiy e`tiborni natijalar emas, tayyorgarlikka qaratmoqda

Samarqandning «Dinamo» jamoasi 30 yanvar kuni Toshkentdagi o`quv-mashg`ulot yig`inlariga yakun yasadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Toshkentdagi birinchi yig`in davomida «Dinamo» «Paxtakor» (1:3), «So`g`diyona» (0:0), «Buxoro» (1:1) va «Olmaliq» (0:2) jamoalariga qarshi maydonga tushib, ikki o`yinda durang o`ynadi va qolgan o`yinlarda mag`lubiyatga uchradi.

Jamoa bosh murabbiyi Ravshan Haydarovning so`zlariga ko`ra, tayyorgarlik reja asosida ketmoqda.

«Nazorat bahslarida yangi futbolchilarni sinovdan o`tkazish bilan birga tarkibning shakllanishiga ham jiddiy e`tibor qaratdik. Bunday o`yinlarda natija emas, eng avvalo tayyorgarlik muhim o`rin tutadi», - dedi Haydarov.

Jamoa Toshkentdagi keyingi yig`in doirasida PFL Kubogi bahslarida ishtirok etishni rejalashtirgan.  

mib
uzcard
cola
apex
bmb