«Paxtakor» Rossiya 1-divizioni klubi bilan durang o`ynadi

Turkiyada o`quv-mashg`ulot yig`inlarini olib borayotgan Toshkentning «Paxtakor» jamoasi 29 yanvar kuni Rossiya 1-divizioni vakili «Nefteximik» jamoasiga qarshi nazorat o`yini o`tkazdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

O`yin 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakuniga etdi. Uchrashuvda hisob dastlab «Paxtakor» yarim himoyachisi Sherzod Karimov tomonidan ochilgan bo`lsa, ikkinchi bo`limda Gridnev Nikita Ribkin darvozasini aniq nishonga olib, hisobning 1:1 bo`lishini ta`minladi.

Ma`lumot uchun, Turkiya yig`ini davomida «Paxtakor» 1 fevral kuni «Yagelloniya» (Polsha), 4 fevral kuni «Terek» (Rossiya) va 7 fevral kuni «Shinnik» (Rossiya) jamoalariga qarshi maydonga tushadi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb