«Andijon» «Oqtepa»ga imkoniyatni boy berdi

Toshkentda o`quv-mashg`ulot yig`inlarini o`tkazayotgan «Andijon» 29 yanvar kuni «Oqtepa» jamoasiga qarshi nazorat o`yinida maydonga tushdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuv 2:1 hisobida «Oqtepa» futbolchilari g`alabasi bilan yakuniga etgan. Andijonliklarning yagona goli Akmal Jo`raboev hisobiga yozilgan.

Klub matbuot xizmatining qayd etishicha, «Andijon» keyingi nazorat o`yinini 31 yanvar kuni Bekobodning «Metallurg» jamoasiga qarshi o`tkazadi.

«Poytaxtdagi yig`inda tarkibga Oyatillo Muxiddinov ham qo`shilganini aytib o`tish joiz. U o`tgan mavsumda «Navbahor» jamoasida to`p surgandi. Shuhrat Mirxoldirshaev mashg`ulotlarni endi boshlagani uchun hozircha nazorat o`yinlarida ishtirok etmayapti», - deyiladi «Andijon» FK xabarida.
 

mib
uzcard
cola
apex
bmb