Ruslan Melziddinov faoliyatini «Lokomotiv»da davom ettiradi

Toshkentning «Lokomotiv» futbol klubi yarim himoyachi Ruslan Melziddinov bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ruslan Melziddinov so`nggi mavsumni Qozog`istonnning «Jetisu» jamoasi safida o`tkazdi. Futbolchi jamoa safida 17 uchrashuvda maydonga tushgan.

«Lokomotiv» matbuot xizmatining qayd etishicha, Melziddinov o`tgan mavsum ham «Lokomotiv» bilan shartnoma imzolagan va jamoa safida OChL uchrashuvida maydonga tushgan, biroq keyinchalik «Jetisu»ga o`tib ketgan edi.
 

mib
uzcard
cola
apex
bmb