Navbatdagi milliy chempionatga tayyorgarlik ko`rayotgan «Mash`al» tarkibida ikki nafar belorusiyalik futbolchining ko`rikdan o`tayotgani haqida xabar bergandik.
Hujumchi Dmitriy Kovb bilan yarim himoyachi Aleksandr Tishkevich jamoaning ikkita nazorat o`yinida ishtirok etishga ulgurdi.
«Ammo murabbiylar shtabiga ma`qul kelmagani uchun ularga kecha javob berib yuborildi. Endi «Mash`al» boshqa kuchliroq legionerlarga qiziqib ko`radi», - deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.