«Navbahor» «Metallurg»ga mag`lub bo`ldi

29 yanvar kuni Namanganning «Navbahor» va Bekobodning «Metallurg» jamoalari o`rtasida nazorat uchrashuvi bo`lib o`tdi. Bu haqda namanganliklar matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuv 1:0 hisobida «Metallurg» foydasiga hal bo`ldi. O`yin taqdirini hal qilgan gol penaltidan kiritildi.

«Navbahor» navbatdagi nazorat o`yinin 2 fevral kuni Muborakning «Mash`al» jamoasiga qarshi o`tkazadi.
 

mib
uzcard
cola
apex
bmb