«Paxtakor» yoshlari Italiyadagi xalqaro musobaqada ishtirok etadi

Toshkentning «Paxtakor» futbol klubi yoshlar jamoasi Italiyada an`anaviy ravishda tashkil etiladigan «Koppa Karnavale» musobaqasida ishtirok etadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ilhom Mo`minjonov qo`l ostidagi jamoa guruh bosqichida «Parma», «Desportivo» va «Spetsiya» jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Jamoa 2 fevral kuni Milanga etib boradi, u erdan esa musobaqa o`tkaziladigan Viarejjioga yo`l olinadi.

Musobaqada ishtirok etish uchun jamoa murabbiylar shtabi quyidagi futbolchilarni tanlab olgan:

Darvozabonlar - Botirali Ergashev, Shohruh Raimov.

Himoyachilar - Temur Tolipov, Abdurasul Komilov, Saidjamol Davlatjonov, Izzatilla Abdullaev, Ibrohim Abdullaev, Abbos Otaxonov, Ulug`bek Boqiev, Dian Talgatov.

Yarim himoyachilar – Javohir Sohibov, Muhsin Ubaydullaev, Abbos Maxsitaliev, Javohir Siddiqov, Ravshan Xursanov, Jamshid Boltaboev, Islom Karimov.

Hujumchilar – Andrey Sidorov, Temur Hakimov, Jasur Hakimov.
 

mib
uzcard
cola
apex
bmb