O`tgan mavsum yakunlariga ko`ra «Mash`al»ning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Jahongir Abdumo`minov 2014 yilni ham Muborak klubi tarkibida o`tkazadigan bo`ldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Futbolchining o`zi bilan suhbatlashganimizda Qozog`istonning «Shaxtyor» klubi ko`rigiga bormaslikni, undan ko`ra faoliyatini «Mash`al»da davom ettirishini ma`lum qildi», - deyiladi «Mash`al» xabarida.
«Xabaringiz bor, o`z vaqtida «Mash`al»da ishlab ketgan Viktor Kumikov ushbu futbolchimizga qiziqish bildirgandi. Natijada Jahongirning «Shaxtyor»ga yo`l olishi kutilgandi, biroq «gazchilar» bir yillik tanaffusdan keyin yana oliy ligaga qaytishgani bois tarkibda Abdumo`minovga o`xshagan yaxshi yarim himoyachiga ehtiyoj seziladi. Shu bois klub rahbariyati futbolchini Muborakda qolishga ko`ndirdi», - deya qo`shimcha qilingan «Mash`al» saytida.