2013 yil futbol mavsumining ikkinchi davra o`yinlarining birida jarohat olgan «Lokomotiv» yarim himoyachisi Sadriddin Abdullaev yana mashg`ulotlarni boshladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, futbolchi noyabr va dekabr oylarida Germaniyaga borib jarohatini davolatib kelgan.
Sadriddin Abdullaev 2013 yilgi mavsumda 18 uchrashuvda maydonga tushib, bir marta raqib darvozasini ishg`ol etgan.