26 yanvar, yakshanba kuni Navoiyda Zarafshonning «Qizilqum» va Jizzaxning «So`g`diyona» jamoalari o`rtasida nazorat o`yini bo`lib o`tdi. Bu haqda Zarafshon klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuv 2:1 hisobida «Qizilqum» futbolchilari g`alabasi bilan yakuniga etdi.
Dastlab, birinchi bo`limda «Qizilqum» hujumchisi Alisher Xoliqov hisobni ochgan bo`lsa, ikkinchi bo`lim o`rtalarida Ruslan Vagapov hisobni 2:0 ko`rinishiga keltirdi.
Uchrashuv tugashiga o`n daqiqa qolganida Turg`un Qobilov o`rtadagi farqni bittaga qisqartirdi – 2:1 hisobi o`yin oxirigacha o`zgarmay qoldi.
Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, «Qizilqum» 2 fevralgacha mashg`ulotlarni Navoiyda davom ettiradi. 3 fevraldan esa Toshkentda o`quv-mashg`ulot yig`inlarini boshlash rejalashtirilgan.
Toshkent yig`ini davomida «Qizilqum» oltita nazorat o`yinida maydonga tushishni rejalashtirgan. Dastlabki o`yin «Olmaliq» jamoasiga qarshi o`tkaziladi.