«Navbahor» «Oqtepa»ni yirik hisobda mag`lub etdi

Toshkentda o`quv-mashg`ulot yig`inlari olib borayotgan Namangan «Navbahor» klubi 26 yanvra kuni «Oqtepa»ga qarshi nazorat o`yinida maydonga tushdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

O`yin 4:1 hisobida «Navbahor» foydasiga hal bo`ldi. Jamoa gollariga Abdumalik Abdullaev, Maqsud Hayitov, Sohib Abdullaev va Islom Ismoilov mualliflik qildi.

Klub matbuot xizmatining qayd etishicha, uchrashuvda «Navbahor» bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov jamoa mashg`ulotlarida ishtirok etayotgan barcha futbolchilarning xizmatidan foydalangan. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb