«Olmaliq» futbolchilari qisqa muddatli ta`tilga chiqdi

25 yanvar kuni Olmaliq shahrida yangi barpo etilgan stadion hududidagi sun`iy qoplamali maydonda «Olmaliq» navbatdagi nazorat o`yinini Muborakning «Mash`al» jamoasiga qarshi o`tkazdi. Bu haqda olmaliqliklar matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuv 1:1 hisobida durang bilan yakun topdi. Birinchi taymda hisob ochilmagan bo`lsa, ikkinchi taymda raqibning qarshi hujumi gol bilan yakun topdi. Abdumalik Toshpo`latov kutilmaganda o`z darvozasini ishg`ol etdi. O`yin yakuniga etib borayotgan daqiqalarda Sharif Mirzaev hisobni tenglashtirdi.

O`yinda jamoamiz quyidagi tarkibda maydonga tushdi: «Olmaliq» (birinchi taym): Maqsatmurod Shomurodov, Obid Jo`raboev, Timur Kagirov, Doniyor Usmonov, Abduqahhor Hojiakbarov, Zafar To`raev, Diyorjon Turopov, Dilyaver Abibullaev, Suxrob Berdiev, Sarvar Otaboev, Sherzod Hakimov.
«Olmaliq» (ikkinchi taym): Umidjon Xonimqulov, Sarvarbek Jo`raev, Darko Stanoevich, Marat Qudratov, Abdumalik Abdullaev, Azamat Isroilov, Doston Abdurahmonov, Aleksandr Alempievich, Sharif Mirzaev, Sanjar Shoahmedov, Zafar Polvonov.

Kichik jarohati sabab Zohir Pirimov va Iqbol Akramov bu o`yinda ishtirok etmadi. Aleksandr Lupashko, Nikita Shkvirin, Qadamboy Nurmetov, Abror Karimov, Gay Yusupov, Ulug`bek Xudoyberdiev va Diyor Usmonxo`jaevlar kecha yoshlar jamoasi tarkibida nazorat o`yinida ishtirok etganlari bois bu uchrashuvni tomoshabinlar safida kuzatishdi. Yoshlar jamoasining Chimkentning «Ordabasi» o`rinbosarlariga qarshi o`yini ham 1:1 hisobida yakun topdi.

«Jamoamiz a`zolari ertaga kunning birinchi yarmida mashg`ulot o`tkazgach, qisqa ta`tilga chiqishadi», - deyiladi klub xabarida.

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb