«Metallurg» Turkiyada o`quv-mashg`ulot yig`inlari o`tkazadi

O`zbekiston chempionatiga tayyorgarlik ko`rayotgan «Metallurg» jamoasi «Bunyodkor» va «Neftchi»ga qarshi ikkita o`rtoqlik o`yinida g`alaba qozongach, keyingi ikki nazorat uchrashuvida imkoniyatni boy berdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

23 yanvar kuni "Metallurg" jamoasining asosiy tarkibi Toshkentdagi "Chilonzor" stadionida «Paxtakor» 1:4 hisobida yutqazib qo`ygan bo`lsa, 24 yanvar kuni yoshlar tarkibi Yangierda oliy ligaga qaytgan Muborakning «Mash`al» klubi ikkinchi tarkibiga 0:3 hisobida boy berdi.

«Ayni paytda har kuni ikki mahaldan mashg`ulotlarda qatnashayotgan jamoamiz 29 yanvar kuni Toshkentda yig`in o`tkazayotgan «Navbahor» bilan kuch sinashadi», - deyiladi klub xabarida.

«Metallurg» futbol klubi fevral oyining 15-sanasidan e`tiboran yig`inni Turkiyada – Antaliya shahrida davom ettirishni rejalashtirmoqda. Jamoa futbolchilari xorij safarida o`quv-mashg`ulotlari bilan bir qatorda 3 ta o`rtoqlik o`yinida maydonga tushishadi.
 

mib
uzcard
cola
apex
bmb