Toshkentning «Lokomotiv» jamoasi 25 yanvar kuni BAA yig`inini yakunlab, O`zbekistonga qaytdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
11-25 yanvar kunlari BAAda bo`lib o`tgan yig`in davomida «Lokomotiv» futbolchilari to`rtta nazorat o`yinida maydonga tushishdi.
Unda «Qayrat» (Qozog`iston, 2:1), «Beyjing Guoan» (Xitoy, 0:1), «Shaxtyor» (Ukraina, 1:2), «Ural» (Rossiya, 2:1) jamoalariga qarshi bahs olib borildi.
Klub matbuot xizmati xabariga ko`ra, jamoa a`zolariga 28 yanvarga qadar dam berilgan. Jamoa 2 fevral kuni Oliy Liga jamoalaridan biriga qarshi nazorat o`yinida maydonga tushishni rejalashtirgan.