«Bunyodkor» Moskva «Dinamo»si bilan durang o`ynadi

BAAda o`quv-mashg`ulot yig`inlarini olib borayotgan Toshkentning «Bunyodkor» jamoasi 25 yanvar kuni Moskvaning «Dinamo» jamoasiga qarshi nazorat o`yinida maydonga tushdi. Bu haqda toshkentliklar matbuot xizmati xabar bermoqda.

O`yinda hisob ochilmadi. Uchrashuv davomida moskvaliklarda bir marta penalti tepish imkoniyati bo`lgandi, biroq «Dinamo» vakili Balaj Jujak penaltidan foydalana olmadi.

Bungacha «Bunyodkor» yig`in doirasida Rossiya Premer-ligasining «Rostov» jamoasiga qarshi o`ynab, 1:1 hisobida durang o`ynagan edi. Qosimov shogirdlari navbatdagi nazorat o`yinini 30 yanvar kuni Moskvaning «Spartak» jamoasiga qarshi o`tkazadi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb