«Paxtakor» Turkiya yig`inini boshladi

25 yanvar kuni «Paxtakor» Turkiyadagi o`quv-mashg`ulot yig`inlarini boshladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, Turkiyada «Paxtakor» safiga jamoaning serbiyalik himoyachisi Boyan Miladinovich qo`shilgan. «Bunyodkor»ning sobiq futbolchisi Artyom Filiposyan esa 28 yanvar, seshanba kuni «Paxtakor» yig`iniga qo`shiladi.

«Paxtakor» Turkiya yig`ini davomida to`rtta nazorat o`yinida maydonga tushadi. Jamoa 29 yanvar kuni Rossiya 1-divizioni vakili «Nefteximik» bilan o`ynasa, 1 fevral kuni Polshaning «Yagelloniya», 4 fevral kuni Rossiya Premer-ligasining «Terek», 7 fevralda esa Rossiya 1-divizoni jamoasi «Shinnik» bilan o`ynaydi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb