«Andijon» Birinchi Liga klublariga qarshi uchta o`yin o`tkazadi

24 yanvar kuni «Andijon» jamoasi Toshkentdagi o`quv-mashg`ulot yig`inini boshladi. Klub matbuot xizmati xabariga ko`ra, yig`in 2 fevralga qadar davom etadi.

«Toshkentda boshlangan yig`inga jamoamiz safiga ikki nafar o`yinchi qo`shildi. Avval xabar qilganimizdek, tajribali hujumchi Shuhrat Mirxoldirshaev mashg`ulotlarda ishtirok etishni boshladi. Bundan tashqari «Paxtakor»dan yosh futbolchi Azamat Abdullaev ham tarkibga qo`shildi. «Paxtakor»ga tegishli bo`lgan Abdullaev o`tgan yili ijara asosida «Qizilqum»da o`ynagandi», - deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.

Poytaxtdagi dastlabki yig`in davomida andijonliklar 4ta nazorat uchrashuvi o`tkazishni rejalashtirishgan. Azamat Abduraimov shogirdlari birinchi o`yinni 27 yanvar kuni «Bunyodkor-2» jamoasiga qarshi o`tkazishadi. 29 yanvarda «Oqtepa», 31 yanvarda «Metallurg» va 2 fevral kuni «NBU-Osiyo» jamoalari bilan kuch sinashiladi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb