«Mash`al» 2-tarkibi «Metallurg» o`rinbosarlarini mag`lub etdi

Yangi boshlanajak mavsumga tayyorgarlikni davom ettirayotgan Muborakning «Mash`al» jamoasi Yangierda «Metallurg» o`rinbosarlariga qarshi nazorat uchrashuvini o`tkazdi. Bu haqda Qashqadaryo klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Aytish mumkinki, bu o`yinda «Mash`al»ning ikkinchi tarkibi harakat qildi va bunda muborakliklar 3:0 hisobida g`alaba qozonishdi. O`yinda Eldor Shomurodov, Abbos Omonov va Salamat Qutiboev tomonidan kiritilgan gollar «gazchilar»ga yirik hisobdagi g`alabani taqdim etdi», - deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.

25 yanvar, shanba kuni «Mash`al»ning asosiy jamoasi Olmaliqda Igor Shkvirin shogirdlariga qarshi o`rtoqlik uchrashuvini o`tkazadi. Bahsning boshlanish vaqti – 15:00.

O`rtoqlik uchrashuvi
«MASh`AL» (2-tarkib) – «METALLURG» (o`rinbosarlar) – 3:0
Gollar:
Shomurodov, Omonov, Qutiboev.
«Mash`al»: Javohir Ilyosov, Salamat Qutiboev, Dilyaver Vaniev, Farrux Nurliboev, Xolmurod Xolmurodov, Shahzod Shaymanov, Xurshid Suyunov, Abbos Omonov, Ixtiyor Toshpo`latov, Eldor Shomurodov, Viktor Klishin.
Zaxiradan tushganlar: Shoxruh Eshbo`taev, Iskandar Shayqulov, Dmitriy Kovb, Aleksandr Tishchenko, Otabek Shukurov, Shodiev.  

mib
uzcard
cola
apex
bmb