«Navbahor» «Oqtepa» bilan nazorat o`yini o`tkazadi

Mavsumga tayyorgarlikni Toshkentda olib borayotgan «Navbahor» 24 yanvar kuni «Futbol-Med» sho``ba korxonasida tibbiy ko`rikdan o`tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Hozircha jamoa tarkibida hech qanday o`zgarish bo`lganicha yo`q. Mashg`ulotlar esa Toshkentdagi «Obod» klubiga qarashli o`yingohining sun`iy qoplamali maydonda kuniga ikki mahaldan o`tkazilmoqda.

«Toshkentdagi yig`inda ishtirok etishi rejalashtirilgan Durbek Umaraliev betobligi bois hozircha mashg`ulotlarga qo`shilmagan xolos. Tarkibga «Bunyodkor» jamoasidan Kamoliddin Tojiboevni qo`shilganligini ham e`tirof etish joiz. Tojiboev bunga qadar «Bunyodkor» yoshlar jamoasi sharafini himoya qilgan. 1990 yilda tug`ilgan himoyachining harakatlari murabbiylarga manzur bo`lsa futbolchi yangi mavsumda «Navbahor» sharafini himoya qilishi mumkin bo`ladi», - deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.

«Navbahor»ning nazorat o`yinlari taqvimiga kichik o`zgartirish kiritilgan. Avval xabar berilganidek, 29 yanvar kuni «Metallurg» va 2 fevral kuni «Mash`al»ga qarshi uchrashuvlar bo`lib o`tadi. Murabbiylar shtabi yana bitta nazorat uchrashuvini o`tkazish bo`yicha «Oqtepa» klubi bilan kelishuvga erishishdi. Mazkur o`yin 26 yanvar kuni «Oq-tepa» jamoasi o`yingohida bo`lib o`tadi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb