Bugun, 25 yanvar kuni Toshkentning «Bunyodkor» va Moskvaning «Dinamo» jamoalari nazorat uchrashuvida kuch sinashadi. Bu haqda «Bunyodkor» matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuv Dubaydagi «Jebel Ali» mehmonxonasiga qarashli stadionda mahalliy vaqt bilan soat 16:00da (Toshkentda 17:00 bo`ladi) boshlanadi.
Uchrashuv tafsilotlari bilan «Bunyodkor»ning tvitterdagi sahifasi – @fcbunyodkorcom orqali bevosita xabardor bo`lish mumkin.