OFK «Bunyodkor»ga OChL-2014ning maxsus to`plarini yubordi

Osiyo Futbol Konfederatsiyasining tijorat va marketing ishlari bo`yicha hamkori – WSG (World Sport Group) «Bunyodkor» futbol klubi uchun 2014 yilgi Osiyo Chempionlar ligasi musobaqasining maxsus to`plaridan 45 dona yubordi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Nike firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan to`plarning dizayni ko`pchilikka ma`qul kelishi turgan gap. Ushbu 45ta to`p quyidagi ko`rinishda foydalanilishi kerak: 15 dona jamoa mashg`ulotlari uchun, 10 donadan guruh bosqichidagi uchta uy uchrashuvi uchun.

«Bunyodkor» OChL bahslarida «V» guruhidan o`rin olgan. Jamoaning hozircha ikki raqibi nomi ma`lum – Saudiyaning «Al-Fateh» va Eronning «Fulad». Jamoaning uchinchi raqibi nomi pley-off saralash bosqichidan so`ng ma`lum bo`ladi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb