BAAda o`quv-mashg`ulot yig`inlarini olib borgan Toshkentning «Lokomotiv» klubi yig`in doirasidagi so`nggi nazorat o`yinini 24 yanvar, juma kuni Rossiya Premer-ligasi vakili «Ural»ga qarshi o`tkazdi.
«Lokomotiv» matbuot xizmati xabariga ko`ra, o`yin 2:1 hisobida toshkentliklar g`alabasi bilan yakuniga etgan. «Lokomotiv»dan Vyacheslav Shevchenko va Aleksandr Shadrinning gollariga «Ural» vakillari bir marta Asevedoning goli bilan javob berishgan.
«Bu uchrashuv bilan temiryo`lchilarning BAAdagi yig`ini yakuniga etadi. Ertaga jamoamiz Toshkentga qaytib keladi», - deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.