«Neftchi» «So`g`diyona»ga mag`lub bo`ldi

24 yanvar kuni Toshkentda Farg`onaning «Neftchi» va Jizzaxning «So`g`diyona» jamoalari o`rtasida nazorat uchrashuvi o`tkazildi. Bu haqda farg`onaliklar klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.

O`yin 2:1 hisobida Jizzax jamoasi foydasiga hal bo`ldi. Hisob farg`onaliklar hujumchisi Zohid Abdullaev tomonidan ochilganiga qaramay, ikkinchi taymda Davron Fayziev shogirdlari ikkita gol urib, irodali g`alabaga erishishdi.

«So`g`diyona»ning javob gollari Ilhom Komilov va Sardor Iminov hisobiga yozildi. Qayd etish joiz, «So`g`diyona» 24 yanvar kuni bundan avvalroq «Paxtakor» o`rinbosarlariga qarshi maydonga tushib, unda ham avval hisobda ortda bora turib, oxir-oqibat 3:2 hisobida g`alaba qozongan edi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb